TANISHING YANGI NOM "FARZOD" онлайн. Бесплатные фильмы в хорошем качестве
Суббота, 10.12.2016, 02:10
узбекские фильмы
Чат'ик
200
Администратору

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Узбекские фильмы » Новости » TANISHING YANGI NOM "FARZOD"
TANISHING YANGI NOM "FARZOD"
01.02.2011, 16:30


O'zbek estradasi ijodkorlarining safi kun sayin, doimiy ravishda kengayishda davom etmoqda. Har bir ijodkor borki, bu olamga qadam bosgach o'zidan biror bir yaxshi ijod namunasini qoldirishga harakat qiladi. Shular qatoriga yosh ijodkor Farzodni ham qo'shishimiz mumkin.



Farzod 13 yoshidan boshlab raqs san'ati bilan shug'ullanib keladi. 20 yoshga kirganda turli klip va reklama roliklarida o'z aktyorlik mahoratini namoyon etgan holda chiqish qilib kelayotgan edi. Albatta bu orada turli kompaniyalar "yuzi" sifatida ham o'z faoliyatini yuritganini alohida aytib o'tish o'rinli. Aslida 7 yoshidan boshlab vokal bilan shug'ullangan bu yosh xonanda endi-endi o'zini xonandalik bobida sinab ko'rish vaqti yetdi, degan xulosaga kelib, ilk taronalarini muxlislar hukmiga havola etishni boshladi. Darvoqe, u yoshligida bir qator tanlovlar g'olibi bo'lgani ham e'tiborga loyiq.

2010 yildan xonandalik ijodiga jiddiy kirishgan Farzod hozirda "Tun" deb nomlangan taronasini "A'lo FM" radiokanali orqali taqdim etmoqda. Mazkur qo'shiq "Aziya" studiyasida yozilgan bo'lib, uning matn muallifi Yakzon, aranjirovka muallifi esa Tim hisoblanadi. "Tun" taronasidan avval ijro etgan "Bu kecha" qo'shig'ini esa hozircha taqdim etmagan.



Нравится

Советуем посмотреть:
Farzandim - 2 / Мой ребенок - 2
Узбекские фильмы 2013 года
Просмотров: 75136
Tilim Qursin / Да отсохнет мой язык
Узбекские фильмы 2013 года
Просмотров: 40614
Mening Do'stim Jin / Мой друг джинн
Узбекские фильмы 2013 года
Просмотров: 26339
Категория: Новости | Добавил: xursan | Просмотров: 1035
Регистрация желательна.
[ Зарегистрироваться на сайте | Войти на сайт ]
Узбекские фильмы. Uzbek Kino. © 2016
Россия. Российская федерация.