Oydin Yusupova "Jangari" filmda онлайн. Бесплатные фильмы в хорошем качестве
Вторник, 06.12.2016, 18:59
узбекские фильмы
Чат'ик
200
Администратору

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Узбекские фильмы » Новости » Oydin Yusupova "Jangari" filmda
Oydin Yusupova "Jangari" filmda
16.01.2011, 18:29


Oydin nega ko'rinmayapti ekan deb ko'plar qiziqishgani bois, va'daga binoan Oydin haqida batafsil ma'lumot berishga urundik.

- Oydin Yusupova: Yaqinda rejissyor Said Muxtorovning "Devona farishtam" kinolarining sur'atga olish jarayonidan bo'shadim. Bu fil'mda bosh rol qizni va onamning yoshligini ijro etdim. Shuni aytmoqchi edimki Said aka menga bu kinoda o'ynashim uchun hamma shart-sharoitlarni yaratib berdilar. Ularga o'z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Bir so'z bilan aytganda ular juda ham mahoratli va kuchli rejissyorliklariga amin bo'ldim. Bu kinoda hamma narsa tushunib his etib mazza qilib ro'l o'ynadim.
- Nega katta ekranlarda kamnamosiz?
- To'g'risini aytganda bir xil ssenariylarni charchadim. Uning ustiga sevdim, qoldim degan kinolarda rol o'ynash xoxishi menda yo'q. Ishonamanki kuchli rejissyorlarimiz ko'p, balki haqiqiy zo'r ssenariy qo'limga tushib taklif bo'lsa albatta kinolarda ko'rinib qolaman. Bir so'z bilan aytganda 10 ta bir xil kinoda sur'atga tushgandan ko'ra bitta zo'r klipda chiqqan yaxshi.
- Eshitishimzga qaraganda jang ishlariga aralashib qolgan ekansiz. Shu rostmi?

- Menimcha siz "Jangari" kinoni nazarda tutayapsiz. Ha, hozirda yangi proyektda chiqishni rejalashtirganman. Ya'ni aytganimday "Jangari" fil'mda rol ijro etishim uchun har xil qiyin truylarni o'rganish uchun mashg'ulotlarga qatnashmoqdaman. Balki tez kunlarda meni bu kinoda ko'rib tanimassiz. Meni barcha qo'llab quvvatlagan muxlislarimga o'z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Men hamma insonlarga insof va iymon tilab qolaman.

- Aytishlaricha to'ylarga ham chiqar ekansiz. Bu rostmi yoki yo'lg'on?
Ha rost. Habaringiz bor qo'shiqchilik sohasini ham boshlab yuborganimga ancha vaqt bo'ldi. Ko'p vaqtim ovoz yozish studiyalarida o'tdi. Yaqinda o'zbek, rus va ingliz tillarda qo'shiq yaratdim. Albatta ko'pgina muxlislarim meni to'y oqshomlariga taklif qilish uchun tinimsiz qo'ng'iroqlar qilishmoqda. Shuni inobatga olgan holda to'ylarda ham xonandalik qilishni reja qilganman. Agarda men bilan bo''glanishni istasangiz bu saytda administratorimning telefon raqami e'lon qilingan. Bemalol taklif qilishingiz mumkin bo'ladi.
Oydin bilan suhbatimiz hali o'z nihoyasiga yetgani yo'q. Yaqin kunlarda bundanda qiziq suhbatni bizning saytda ko'rishingiz mumkin bo'ladi. Oydinga takliflaringiz yoki murojatlaringiz bo'lsa bemalol shu yerga yozib qoldirishingiz mumkin bo'ladi. Biz barchasi Oydining o'ziga havola etamiz. Sizning har bir fikringiz Oydining e'tiborida. U barcha muxlislarni fikrini eshitishga tayyor.




Нравится

Советуем посмотреть:
Farzandim - 2 / Мой ребенок - 2
Узбекские фильмы 2013 года
Просмотров: 75124
Tilim Qursin / Да отсохнет мой язык
Узбекские фильмы 2013 года
Просмотров: 40608
Mening Do'stim Jin / Мой друг джинн
Узбекские фильмы 2013 года
Просмотров: 26335
Категория: Новости | Добавил: xursan | Просмотров: 3220
Регистрация желательна.
[ Зарегистрироваться на сайте | Войти на сайт ]
Узбекские фильмы. Uzbek Kino. © 2016
Россия. Российская федерация.